 
                   
                    Iqtisod
“Paxta xomashyosini yetishtirish va uning yigʻim-terim xarajatlarini moliyalashtirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
2022-yil hosilidan paxta yetishtirishni va yigʻim-terimini Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasidan moliyalashtirishning quyidagi tartibi joriy etiladi:
paxta yetishtirish va yigʻim-terimni imtiyozli moliyalashtirish klasterlar va Urugʻchilikni rivojlantirish markazidagi elita urugʻchilik xoʻjaliklari orqali amalga oshiriladi;
banklar tomonidan Jamgʻarma resurslaridan quyidagilar uchun imtiyozli kreditlar ajratiladi:
paxta-toʻqimachilik klasterlariga paxta yetishtirish uchun – paxta qiymatining 60 foizigacha miqdorda yillik 10 foiz 24 oyga, 18 oylik imtiyozli davr va 19-oydan boshlab soʻnggi 6 oy davomida teng ulushlarda qaytarish sharti bilan;
elita urugʻchilik xoʻjaliklariga paxta yetishtirish uchun – paxta qiymatining 60 foizigacha yillik 10 foiz stavkada 14 oyga;
paxta-toʻqimachilik klasterlari va elita urugʻchilik xoʻjaliklariga paxta yigʻim-terimini moliyalashtirish uchun – paxta qiymatining 20 foizigacha miqdorda yillik 10 foiz 12 oyga, 3 oylik imtiyozli davr bilan.
Paxta-toʻqimachilik klasterlariga paxta xaridi boʻyicha yakuniy hisob-kitob uchun 12 oygacha milliy valyutadagi kreditlar boʻyicha foiz stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshadigan, lekin 10 foiz punktidan koʻp boʻlmagan qismini qoplash uchun Jamgʻarma hisobidan kompensatsiya toʻlanadi.
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar mineral oʻgʻit, yoqilgʻi-moylash, texnikaga oid masalalar, ularni import qilishni mustaqil hal qiladi, bunga har qanday tarzda aralashish taqiqlanadi.
 
                  Siyosat
 
                  Jamiyat
 
                  Siyosat
 
                  Siyosat
 
                  Madaniyat
 
                  Siyosat
 109662
             109662
          Jamiyat
 94046
             94046
          Jamiyat
 89826
             89826
          Jamiyat
 72981
             72981
          Jamiyat
//
Izoh yo‘q