Jamiyat
Nomaʼlum shaxslar tomonidan Bulungʻur tumani hududidan oʻtuvchi chegara yaqinida 26 kg narkotik modda qoldirib ketildi, deb yozmoqda OʻzA.
Qayd etilishicha, Davlat xavfsizlik xizmatining Samarqand viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari va Chegara Qoʻshinlari harbiy xizmatchilari hamkorligida olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, Bulungʻur tumani hududidan oʻtuvchi oʻzbek-tojik davlat chegarasi yaqinida nomaʼlum shaxslar tomonidan qoldirib ketilgan 20 kg 3 gr “opiy” va 6 kg 5 gr “gashish” giyohvandlik vositalari borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan DXX Samarqand viloyati boʻyicha Boshqarmasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 246 va 273-moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, ushbu giyohvandlik vositalari egalarining shaxsiga aniqlik kiritish boʻyicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
109967
Jamiyat
94287
Jamiyat
90145
Jamiyat
73407
Jamiyat
//
Izoh yo‘q