Jamiyat
24-dekabr kuni Qashqadaryo viloyati salomatlikni tiklash shifoxonasida gaz bosimi ortishi tufayli katta portlash sodir boʻlgani haqida xabar berilgandi.
“Nasafnews”ning qayd etishicha, portlash oqibatida shifoxonada davolanayotgan 2 nafar bemor kuyish tan jarohatlari bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy-amaliy markazi Qashqadaryo filialiga yotqizilgan. Ulardan biri marhum atoqli shoir Abdulla Oripovning singlisi 74 yoshli Oysara Ubaydullayeva ekani maʼlum boʻldi.
Oysara Ubaydullayeva 2022-yil 30-dekabr kuni 80 foiz kuyish tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etgan. Bu haqda marhumaning yaqinlari nashrga xabar qilgani aytilmoqda.
Shuningdek, 30-dekabr kuni Abdulla Oripov ijodi yoritib boriladigan Telegram-kanalda ham Oysara Oripovaning vafot etgani xabar qilingandi.
Maʼlumotga koʻra, Qashqadaryo viloyati salomatlikni tiklash shifoxonasida portlashdan oldin marhuma Oysara Ubaydullayeva turmush oʻrtogʻi bilan davolanayotgan boʻlgan. Hozirda marhumaning turmush oʻrtogʻi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy-amaliy markazi Qashqadaryo filialida davolanmoqda.
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jahon
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q