Jamiyat
Toshkent shahridagi 31 ta OTMda 9-yanvardan boshlab dars vaqti oʻzgartiriladi. Bu haqda Oliy taʼlim vazirligi xabar berdi.
Taʼkidlanishicha, poytaxt metropolitenida yoʻlovchi oqimini toʻgʻri taqsimlash, talabalarning oʻz vaqtida dars mashgʻulotlariga yetib borishlari uchun qulaylik yaratish maqsadida bekatlarga yaqin joylashgan oliy taʼlim muassasalarining maqbullashtirilgan ish grafigi tasdiqlangan.
Unga koʻra, 2023-yil 9-yanvardan yuqoridagi rasmda keltirilgan taʼlim maskanlari talabalari oʻzgargan grafik asosida darslarga qatnashadi.
Eslatib oʻtamiz, qishki taʼtil tugab, dars jarayonlarining boshlanish sanasi 9-yanvar — dushanba kuniga toʻgʻri keladi. 5-yanvardan esa talabalar turar joyi oʻz ishini boshlashi maʼlum qilingan.
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jahon
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q