Poraxo'rlik va nigilizmning ildizi, haqiqiy iste’dod va baland ruhiyat, tarbiyadagi tuzalmas xatolar haqida "Tafakkur" jurnalining yangi sonida o‘qing

Saqlash
20:48 / 30.12.2022 3344 0

"Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining yarim yillik hisobotini o‘qib qoldim. Uni varaqlagan har bir aql egasida ichki xavotir uyg‘onadi. Tasavvur qiling, o‘tgan yilning atigi yarmida davlat byudjetidan 592,5 milliard so‘m talon-toroj etilgan. Vaholanki, biz uch-to‘rt yildan beri korrupsiyaga qarshi keskin urush olib boryapmiz. "Urush" ketayotgan bir vaqtdagi natijani qarang! Qiziq, bunday "jur’at"ni qaerdan olyapmiz o‘zi?..”

 

Publisist Alisher Nazar va adabiyotshunos Uzoq Jo'raqulovning jamiyatimiz va ma'naviy hayotimizdagi og‘riqlar haqidagi suhbatini "Tafakkur" jurnalining 2022-yil 4-sonida o‘qing ("Ildizlarimizni izlab").

 

"Tahakkumning o‘zagi – hukm. U tilimizdagi hukmdor, hokim, mahkum, hakam so‘zlari bilan o‘zakdosh bo‘lib, zo‘rlik-la hukmronlik qilish, so‘zini o‘tkazish, ustun chiqish kabi ma’nolarni ifodalaydi. Ingliz tilidagi "domination", rus tilidagi "dominirovaniye" so‘zlarida nafaqat ustunlik (dominantlik), ayni choqda, zulm, tazyiq kabi ma’nolar ham mujassam. Nazarimizda, "tahakkum" so‘zi "domination"ning barcha ma’no noziklarini to‘liq qamraydi...”

 

Sardor Salimning "Yangi siyosiy lison ehtiyoji" maqolasida muhokamalarda tez-tez yangrab turuvchi ayrim so‘zlarning o‘zbek tilida avval ishlatilgan arxaik variantlari keltirilib, siyosiy mazmuni izohlab o‘tilgan.

 

Jurnalning keyingi sahifalarida "Taqlidning tuqqani – tanazzul" (Rahmon Qo‘chqor), "Odamtoshlar faryodi" maqolalari (Nasrullo Ergash), "O‘lim goho keltirar zafar..." essesi (Farrux Jabborov), "Senzura" hikoyasini (Qulman Ochil) o‘qishingiz mumkin.

 

"Talqin va tadqiqotlar" ruknida "Uyg‘oq va mudroq kuch", "Tarbiyadagi tuzalmas xato", "Sizdan boshlangaydir asli tafakkur", "Ayol qalamining qudrati", "Muhitga sig‘magan siymolar" haqida so‘z boradi.

 

"Tafakkur"ning yangi sonini o‘qing, tafakkuringiz yangi bilim va fikrlarga to‘yinsin.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//