Yangi yil bayrami oldidan bozorlardagi narxlar eʼlon qilindi

Saqlash
17:21 / 30.12.2022 3401 0

Yangi yil bayrami oldidan ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlari eʼlon qilindi.

 

Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan hududiy markaziy dehqon bozorlarida oʻtkazilgan kuzatuv natijalari boʻyicha 2022-yil 28-dekabr holatiga alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari quyidagicha:

 

Suyakli mol goʻshti (1 kg) — 48 000 – 78 000 soʻm;

Qoʻy goʻshti (1 kg) — 55 000 – 91 000 soʻm;

Kartoshka (1 kg) — 3000 – 6000 soʻm;

Piyoz (1 kg) — 3000 – 6000 soʻm;

Sabzi (1 kg) — 2000 – 5 000 soʻm;

Tuxum (10 dona) — 10 000 – 17 000 soʻm;

Guruch (1 kg) — 6000 – 27 000 soʻm;

Oʻsimlik yogʻi (1 l) — 16 000 – 30 000 soʻm;

Shakar (1 kg) — 11 000 – 14 000 soʻm.

 

Qayd etish kerak, bunda dehqon bozorlari hududidagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari hisobga olingan. Supermarket, minimarket, doʻkonlardagi narxlar inobatga olinmagan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//