Bayram kunlari ayrim tibbiyot xodimlari dam olmaydi

Saqlash
15:57 / 30.12.2022 2029 0

Yangi yil bayramida 31-dekabrdan 4-yanvargacha ketma-ket 4 kun dam olish belgilangan. Ana shu davrda ayrim davolash-profilaktika muassasalarining 40 ming nafar tibbiyot xodimi qonunda belgilangan tartibda, navbatchilik asosida aholiga xizmat koʻrsatadi.

 

SSV xabariga koʻra, bayram kunlari 1049 ta oilaviy poliklinika, 1080 ta oilaviy shifokor punkti, tuman, viloyat va respublika shifoxonalari, ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari va tibbiyot oliy oʻquv yurtlari klinikalari belgilangan tartibda, navbatchilik asosida ishlaydi.

 

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, uning hududlardagi 13 ta filiali, tumanlardagi 181 ta shoshilinch tibbiy yordam qabul boʻlimi hamda tumanlararo qoʻshma shikastlanishlar va oʻtkir qon-tomir kasalliklari markazlarida 24 soat davomida navbatchi shifokor va hamshiralar faoliyat yuritadi. Ushbu muassasalar zarur dori-darmonlar bilan taʼminlanib, zaxira oʻrinlari yaratilgan.

 

Yurtimiz boʻyicha 2755 ta tez tibbiy yordam brigadasi aholidan boʻladigan chaqiriqlar asosida kun-u tun xizmat koʻrsatadi.

 

Bundan tashqari, 227 ta tugʻuruq, 245 ta bolalar davolash muassasasi ham uzluksiz ish olib boradi.

 

Respublika Call-markazi (1003) orqali tibbiyotga tegishli savollaringizga malakali mutaxassislardan kecha-yu kunduz javob olishingiz mumkin.

 

Sanitariya-epidemiologiya xizmatining markaziy apparati va hududlardagi 14 ta boshqarma hamda 203 ta aholi punktida joylashgan boʻlimlarida ham 24 soat davomida navbatchi shifokor, vrach-laborant va yordamchi xodimlar faoliyatini davom ettiradi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//