Jamiyat
2022-yil 1-dekabr holatiga Oʻzbekistonda elektron xizmatlar koʻrsatuvchi 40 ta xorijiy kompaniya roʻyxatga olingan. Ikki yil ichida ularning soni 2 baravar koʻpaydi. Bu haqda Davlat soliq qoʻmitasi maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 11 oyi davomida mazkur xorijiy kompaniyalar tomonidan 44,8 mlrd soʻm soliq toʻlangan, bu oʻtgan yilga nisbatan 2 barobar koʻproq. Bunda toʻlangan soliqlarning 98 foizi elektron xizmatlar koʻrsatuvchi 10 ta xorijiy kompaniya hissasiga toʻgʻri keladi.
Soliq toʻlovchi xorijiy kompaniyalar:
Meta — 18,6 mlrd soʻm;
Google — 14,8 mlrd soʻm;
Apple — 6,2 mlrd soʻm;
Booking.com — 1,4 mlrd soʻm;
Netflix — 867,7 mln soʻm;
Xsolla — 798,1 mln soʻm;
Yandex — 445,5 mln soʻm;
Paddle.som — 404,2 mln soʻm;
LinkedIn — 234,1 mln soʻm;
Adobe Systems — 180,3 mln soʻm.
Avvalroq Oʻzbekistonda Facebook va Instagram foydalanuvchilari soni 10 milliondan oshgani haqida xabar berilgandi.
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jahon
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q