Jamiyat
Bu borada 2022 yil 2 aprelda Vazirlar Mahkamasining “Dori vositalari va tibbiy buyumlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan edi.
Ushbu hujjatga muvofiq, majburiy raqamli markirovkalash jarayoni qanday amalga oshiriladi? Bu haqda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Navoiy viloyat bo‘linmasi boshlig‘i Umar Aliyev O‘zA muxbiriga quyidagilarni gapirib berdi.
– Markirovka – import qilinadigan tovarning iste’mol upakovkasidagi va (yoki) idishdagi matn, rasmlar yoki ma’lumot beruvchi belgilardir, – deydi Umar Aliyev. – Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 5 fevraldagi “Import qilinadigan iste’mol tovarlarining ayrim turlarini markirovka qilish va bojxonada rasmiylashtirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, iste’mol upakovkasiga (idishiga) ega bo‘lgan dori vositalarini (TIF TN bo‘yicha kodi 3004) import qilish davlat tilida majburiy markirovka qilingan holda amalga oshiriladi.
Ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan qo‘yiladigan davlat tilidagi markirovkasi mavjud bo‘lmagan taqdirda import qilinayotgan dori vositalarini ular O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilgandan keyin, bojxona omborida saqlash vaqtida, guruhli upakovkaga davlat tilidagi qistirmalarning tegishli birliklarini joylashtirish yo‘li bilan markirovka qilishga yo‘l qo‘yiladi.
Dori vositalari markirovkasining davlat tilidagi matni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Dori-darmonlar va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish bosh boshqarmasi tomonidan tasdiqlanadi.
Amaldagi hujjatlar bilan dori vositalari (substansiyalar bundan mustasno) va tibbiy buyumlar guruhlarga bo‘linishini nazarda tutgan holda identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash tizimi 2022-2025 yillar davomida bosqichma-bosqich joriy qilinadi.
Unga ko‘ra, majburiy raqamli markirovkalashni boshlash muddatlari, mahsulotlar turlari quyidagicha belgilandi:
birinchi guruh - ikkilamchi (tashqi) qadoqlarda ishlab chiqarilgan dori vositalari (orfan dori vositalari bundan mustasno) - 2022 yil 1 sentyabrdan boshlab;
ikkinchi guruh - birlamchi (ichki) qadoqlarda ishlab chiqarilgan dori vositalari va dorivor angro - mahsulotlari (orfan dori vositalari bundan mustasno) - 2022 yil 1 noyabrdan boshlab;
uchinchi guruh - orfan dori vositalari (kam uchraydigan kasalliklarni davolash uchun) - 2023 yil 1 martdan boshlab;
to‘rtinchi guruh - maxsus ro‘yxatga kiritilgan import qilingan tibbiy buyumlar - 2025 yil 1 fevraldan boshlab majburiy raqamli markirovkalanadi.
Shuningdek, qaror bilan, majburiy raqamli markirovkalanadigan dori vositalari va tibbiy buyumlarning identifikatsiya kodlari ro‘yxati, dori vositalari va tibbiy buyumlarni mahalliy va xorijiy ishlab chiqaruvchilar tomonidan majburiy raqamli markirovkalash tizimini bosqichma-bosqich joriy qilish grafigi, ulgurji va chakana savdo tashkilotlari, sog‘liqni saqlash sohasidagi tibbiyot muassasalarining dori vositalari va tibbiy buyumlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimiga bosqichma-bosqich o‘tishi grafigi belgilangan.
Navoiy viloyatida 2 ta dori vositasi ishlab chiqaruvchi korxona mavjud. Ayni paytda ularda moliyaviy muammolar sababli ishlab chiqarish to‘xtab turibdi. Ishlab chiqarish boshlanishi bilan markirovkalashni yo‘lga qo‘ygan holda ishlab chiqarish amalga oshiriladi. Dorixonalar esa 2D skanerlar maxsus markirovkalash kodlari o‘qiydigan maxsus apparatlar bilan jihozlangan.
Albatta, dori vositalari va tibbiy buyumlarni majburiy raqamli markirovkalash dori vositalari va tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish, olib kirish va aylanmasini hisobga olish, qonuniy aylanishini ta’minlashga xizmat qiladi.
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q