Saudiya Arabistonida oʻzbekistonlik ziyoratchilar boʻlgan avtobus YTHga uchradi

Saqlash
14:41 / 28.12.2022 1229 0

Saudiya Arabistonida 50 nafar oʻzbekistonlik ziyoratchilar boʻlgan avtobus YTHga uchradi. Bu haqda TIV rasmiy vakili Yusuf Qobuljonov xabar berdi.

 

Maʼlum qilinishicha, voqea 27-dekabr kuni Saudiya Arabistoni vaqti bilan soat 09:15 da, “Al-Afaj” transport kompaniyasiga tegishli Mercedes-Benz avtobus haydovchisi Jidda—Madina 160-magistral yoʻlida uxlab qolishi oqibatida yuz bergan.

 

Mazkur avtobusda Oʻzbekistondan borgan 50 nafar ziyoratchilardan 10 nafari jarohatlangan. Jabrlanganlarga Madina shahri yaqinidagi “Vadi Al-Farʼ” va “Al-Himna” shifoxonalarida tez tibbiy yordam koʻrsatilgan.

 

Avtobusdagi 40 nafar ziyoratchi Madina shahridagi mehmonxonaga joylashtirilgan.

 

“Mazkur holat Oʻzbekistonning Jidda shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan nazoratga olingan. Ushbu mamlakatning huquqni muhofaza qiluvchi idoralari hamda tibbiyot muassasalari bilan doimiy aloqa oʻrnatilgan. Diplomatlarimiz fuqarolarimiz holidan xabardor boʻlib turibdi”, — deyiladi TIV rasmiy vakili bergan axborotda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//