Jamiyat
O‘zbekistonning aksariyat qismida Yangi yil bayrami kechasida qor yog‘ishi mumkin, deya xabar bermoqda O‘zgidromet markazi direktori Sherzod Xabibullayev o‘zining Facebook`dagi sahifasida.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida 31 dekabr kuni kechga tomon ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik bo‘ladi. Xususan, yomg‘ir yog‘ib, qorga aylanishi mumkin. Harorat kunduzi +2…+7 daraja, kechasi 0…+5 daraja bo‘ladi.
1 yanvar kuni esa Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida qor yog‘adi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi −1…+6 daraja, kechasi 0…+5 daraja bo‘ladi.
O‘zbekiston aholisi Yangi yilni juda kamdan kam hollarda qor bilan kutib oladi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 31 dekabr kuni Toshkentda yog‘ingarchilik o‘rtacha 4−5 yilda 1 marta, 1 yanvar kuni esa 2−3 yilda 1 marta yog‘adi. Biroq, har doim ham bu yog‘ingarchiliklar qor shaklida bo‘lmaydi. Yangi yil kechasida qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik juda kamdan kam hollarda kuzatiladi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning 31 dekabr kuni harorat kechasi −3…−8 daraja, kunduzi +8…+13 darajagacha ko‘tarilgandi.
Siyosat
Siyosat
Madaniyat
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
109961
Jamiyat
94287
Jamiyat
90140
Jamiyat
73399
Jamiyat
//
Izoh yo‘q