Jamiyat
2023-yilning 1-yanvaridan charm, moʻyna xom ashyosi va junni qayta tayyorlash, qoramolni avtomatlashtirilgan tarzda soʻyish, jun, qorakoʻl va sunʼiy charmdan buyumlar, charm-attorlik mahsulotlari, poyabzal ishlab chiqarish bilan shugʻullanuvchi soliq toʻlovchilar 2026-yil 1-yanvargacha foyda, aylanmadan olinadigan va mol-mulk soligʻini toʻlashdan ozod qilinadi.
Qonun bilan Soliq kodeksida quyidagi imtiyozlar belgilandi:
Chakana savdo, umumiy ovqatlanish, mehmonxona, yoʻlovchi va yuk tashish, avtotransportlarni taʼmirlash, ularga texnik xizmat koʻrsatish, kompyuter xizmatlarini, maishiy texnikani taʼmirlash, agro va veterinariya xizmatlari koʻrsatuvchi, koʻngilochar joylarda xizmat koʻrsatuvchi tadbirkorlar – 2022-yil 1-apreldan 2025-yildan 1-yanvargacha ijtimoiy soliqni 1 foiz toʻlaydi;
Tadbirkorlar 2022-yil 1-yanvardan 2027-yil 1-yanvargacha maydoni 5 ming kv/m dan koʻp savdo komplekslari va mehmonxonalar, ular egallagan yerlar boʻyicha quyidagilarga haqli:
— mol-mulk va yer soligʻi boʻyicha stavkalarga nisbatan 0,1 koeffitsiyentni qoʻllashga;
— foyda soligʻini hisoblashda 2 yillik mazkur binolarning qiymatini amortizatsiya tarzida chegirib tashlanadigan xarajatlarga kiritishga.
Xoʻjaliklarda baliq yetishtirishni kooperatsiya asosida yoʻlga qoʻygan soliq toʻlovchilar 2025-yil 1-yanvargacha barcha soliqlardan (QQS va ijtimoiy soliq mustasno) ozod qilinadi.
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q