Jamiyat
Olimlar xulosasiga koʻra, odam sutka davomida besh soatdan kam uxlasa, unda surunkali kasalliklar rivojlanish xavfi 20 foizga oshadi.
Uyqusizlik asoratlari, ayniqsa, oʻrta va keksa yoshli insonlar salomatligiga koʻproq xavf soladi.
Tibbiyot fanlari doktori, professor Yoqutxon Majidovaning taʼkidlashicha, nosogʻlom turmush tarzi, xususan, asabiylashish, bezovtalik, uxlashdan avval meʼyoridan ortiq ovqatlanish, yorugʻ muhit kabi omillar uyqusizlikka sabab boʻladi.
Oqibatda:
— immunitet pasayib, inson turli kasalliklarga chalinishga moyil boʻlib qoladi;
— foydali ish koeffitsiyenti kamayib, diqqatni jamlay olmaslik, xotira susayishi kuzatiladi;
— kam uxlagan inson yurak-qon tomir kasalliklariga chalinishi, bosh ogʻrigʻi, depressiya, stressdan aziyat chekishi mumkin.
Bir kecha-kunduzda necha soat uxlash kerak?
chaqaloqlar — 18-19 soat;
bolalar — 11-12 soat;
katta yoshlilar — 7-8 soat uxlashi meʼyor hisoblanadi.
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Madaniyat
Jamiyat
109959
Jamiyat
94287
Jamiyat
90140
Jamiyat
73396
Jamiyat
//
Izoh yo‘q