Jamiyat
Gazdan noqonuniy foydalanish natijasida davlat manfaatlariga yetkazilgan zarar miqdori 1,16 mlrd soʻmga yetgan.
Oʻzbekistonda 3 kun ichida 85 holatda isteʼmolchilarning tabiiy gazdan noqonuniy foydalanishiga chek qoʻyildi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, 3 kunda 13 mingdan ziyod xonadonning bir oylik isteʼmoliga teng hajmdagi elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Nazorat tadbirlarida 85 ta holatda 2,6 mln kVt-soat miqdordagi elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi.
“Natijada energetika tizimiga jami 1,16 mlrd soʻm qiymatda zarar keltirilganligi maʼlum boʻldi. Ushbu hajmdagi elektr energiyasi oʻrtacha 13,2 mingta xonadonning bir oylik isteʼmolini tashkil qiladi”, — deyiladi xabarda.
Noqonuniy foydalanish holatlari respublikaning barcha hududlarida aniqlangan. Xususan:
– Toshkent viloyatining Bekobod shahrida joylashgan “Baxtiyor Classic servis” MCHJ da (turar joy binosiga xizmat koʻrsatuvchi shirkat) 202,6 mln soʻmlik;
– Toshkent viloyati, Oqqoʻrgʻon tumanida joylashgan “Suvoqava Oqqoʻrgʻon” boʻlimi 144,3 mln soʻmlik;
– Samarqand viloyati, Narpay tumanidagi “Gʻalaba Qahramon ota” fermer xoʻjaligida 104,8 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan.
Qoidabuzar isteʼmolchilarga nisbatan belgilangan tartibda choralar koʻrildi.
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q