Jamiyat
DXX tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlar natijasida 1999-yil Jizzax viloyatida tugʻilgan X.B.ning ijtimoiy tarmoqlar orqali “Tavhid va jihod katibasi”, “Turkiston islom harakati” kabi terroristik tashkilotlar tarafdorlari taʼsiriga tushib qolgani aniqlandi.
Maʼlum boʻlishicha, u virtual muloqotlarda Suriyadagi vaziyat, “jihod” qilish, u yerga borish yoʻl-yoʻriqlari va xarajatlari boʻyicha fikrlar almashgan.
Shuningdek, “Telegram”da kanal ochib, Oʻzbekistonning amaldagi davlat tuzumini Konstitutsiyaga xilof tarzda oʻzgartirishga daʼvat etuvchi hamda aqidaparastlik gʻoyalari bilan yoʻgʻrilgan materiallarni targʻib qilish bilan shugʻullangan.
Mazkur shaxs Jinoyat ishlari boʻyicha Paxtakor tuman sudi tomonidan Jinoyat Kodeksining 159 va 2441-moddalari bilan aybdor deb topilib, unga 3 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Madaniyat
Jamiyat
109959
Jamiyat
94287
Jamiyat
90140
Jamiyat
73396
Jamiyat
//
Izoh yo‘q