
Jamiyat
Oliy sud Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatining 2022-yil 26-dekabrdagi hukmiga koʻra:
Andijon shahar sobiq hokimi Bahrom Haydarov 3 yil mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilindi hamda unga nisbatan 10 yil ozodlikdan mahrum qilish va BHMning 350 baravari, yaʼni 85 750 000 soʻm jarima jazosi tayinlandi.
Jinoyat ishi doirasida:
S.Yulchiyevaga nisbatan 3 yil mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilingan holda, 8 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi;
K.Asqarovga nisbatan 3 yil mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilingan holda, 10 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi;
F.Mullajanovga nisbatan 3 yil mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilingan holda, 8 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi;
Sh.Hoshimovga nisbatan 3 yil mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilingan holda, 8 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Bundan tashqari, yana 40 nafar sudlanuvchiga nisbatan sodir qilgan jinoiy harakatlari doirasida tegishliligi boʻyicha 4 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish, 2 yilgacha ozodlikni cheklash hamda 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish jazolari tayinlandi.
Jinoyat oqibatida davlatga yetkazilgan 63 mlrd soʻmdan ziyod moddiy zararning 16 mlrd soʻmdan ortigʻi qoplangan boʻlib, zararning qolgan qismini sudlanuvchilardan solidar tartibda undirish belgilandi.
Jahon
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q