Jamiyat
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro M.D. (muqaddam sudlangan) “Xoʻjasoat” MFY hududida 2 bosh qoʻy xaridi uchun fuqaro A.X.ga 4 dona 100 AQSH dollarlik qalbaki kupyuralarni berib ketganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, qalbakiligini bilmagani holda qalbaki valyuta qimmatliklarini olib, uni keyinchalik oʻtkazgan shaxsning qilmishi ham jinoiy javobgarlikni keltirib chiqaradi.
Shu bois, oʻzaro hisob-kitoblarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida qonuniy toʻlov vositasi hisoblangan milliy valyutada amalga oshirish orqali oʻzingizni noqonuniy harakatlardan asragan boʻlasiz.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Iqtisod
Madaniyat
Jamiyat
110568
Jamiyat
94407
Jamiyat
90300
Jamiyat
74021
Jamiyat
//
Izoh yo‘q