Jamiyat
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi qarori asosida Yakkabogʻ tumanida barpo etilgan Maʼnaviyat va maʼrifat maskani foydalanishga topshirildi.
Tantanali ochilish marosimida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Qashqadaryo viloyati boʻlimi rahbari Lola Saodatova, tuman hokimi Lutfiddin Abdullayev, sektor rahbarlari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Qayd etilishicha, Prezident qarorida maskanlar yangi qurilishlar orqali yoki boʻsh turgan binolarda mahalliy byudjet mablagʻlari hisobidan tashkil etiladi. Shunga muvofiq, Yakkabogʻ tumani xalq taʼlimi boʻlimi balansida boʻlgan, avval maishiy xizmat koʻrsatish kolleji joylashgan binoda rahbar va mutaxassislar xonalari, yigʻilishlar zali ajratilib, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman boʻlinmasi ixtiyoriga berildi.

Maʼlumot uchun, ayni paytda Qashqadaryoda foydalanishga topshirilgan maʼnaviyat va maʼrifat maskanlari soni 6 taga yetdi.
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Siyosat
110748
Jamiyat
94439
Jamiyat
90352
Jamiyat
74215
Jamiyat
//
Izoh yo‘q