Jamiyat
Oʻzbekistonda 2022-yil boshidan buyon is gazidan zaharlanish bilan bogʻliq 90 dan ortiq holat sodir boʻldi. Bu haqda FVV maʼlumotlariga tayanib, IIV matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, buning oqibatida 146 kishi vafot etgan, yana 50 nafar fuqaro jabrlangan.
IIV fuqarolarni koʻmir, oʻtin, neft mahsulotlari va boshqa turdagi yoqilgʻidan foydalanishda xavfsizlik choralariga qatʼiy rioya qilishga chaqirdi.
“Nostandart yoki sertifikatga ega boʻlmagan isitish pechlaridan foydalanmang. Isitish pechlari va dudboʻronlar toza va soz holatda boʻlishini taʼminlang. Oshxonaga oʻrnatilgan gaz plitalardan xonalarni isitishda foydalanmang”, — deyiladi xabarda.
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
111963
Jamiyat
94699
Jamiyat
90703
Jamiyat
75466
Jamiyat
//
Izoh yo‘q