Myanma hududida mushkul ahvolga tushib qolgan 15 nafar fuqaro Oʻzbekistonga qaytarildi

Saqlash
15:30 / 26.12.2022 1190 0

Oʻzbekistonning Bangkok shahridagi Bosh konsulxonasi saʼy-harakatlari bilan joriy yil iyun-dekabr oylari davomida Myanma hududida mushkul ahvolga tushib qolgan 15 nafar Oʻzbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar bermoqda.

 

Mamlakat diplomatiya vakolatxonasi fuqarolar ikki nafariga BMT Xalqaro migratsiya tashkiloti tomonidan, uch nafariga homiy tashkilotlar hisobidan aviachiptalar xarid qilinishi, olti nafari vaqtinchalik bepul turar joy bilan taʼminlanishi yuzasidan amaliy yordam koʻrsatdi.

 

Oʻzbekiston fuqarolarini vatanga qaytarish uchun mamlakat Bosh konsulxonasi Bangkok shahrida joylashgan xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari, mahalliy rasmiy va nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlikda faol ish olib bormoqda.

 

Oʻzbekistonning Bangkok shahridagi Bosh konsulxonasi fuqarolarni yolgʻon ish eʼlonlari va moʻmay maosh ilinjida noqonuniy migratsiya va odam savdosi qurboniga aylanib qolishdan ogoh boʻlishga chaqirgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//