Siyosat
Prezident farmoniga koʻra, 2023-yil 1-yanvardan quyidagi davlat boshqaruvi organlari vazifa va funksiyalari tegishli vazirlik va idoralarga oʻtkazilgan holda tugatiladi:
Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi – Qishloq xoʻjaligi bilan bogʻliq vazifa va funksiyalari Qishloq xoʻjaligi vazirligiga, sanoatni rivojlantirish bilan bogʻliq vazifa va funksiyalari esa Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga oʻtkazilmoqda;
Vazirlar Mahkamasi huzurida Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi – vazifa va funksiyalari tegishincha Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi orasida taqsimlanmoqda;
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Xalqaro hamkorlik va rivojlanish agentligi – vazifa va funksiyalari Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga oʻtkazilmoqda;
Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligi – vazifa va funksiyalari Iqtisodiyot va moliya vazirligiga oʻtkazilmoqda;
Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi – vazifa va funksiyalari Iqtisodiyot va moliya vazirligiga oʻtkazilmoqda;
Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligida kapital qurilish loyihalarini amalga oshirish agentligi – vazifa va funksiyalari Suv xoʻjaligi vazirligiga oʻtkazilmoqda;
Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi – vazifa va funksiyalari Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasiga oʻtkazilmoqda;
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi huzuridagi Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi – vazifa va funksiyalari Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasiga oʻtkazilmoqda;
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi “Oʻzbekchorvanasl” agentligi – vazifa va funksiyalari Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasiga oʻtkazilmoqda;
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi – vazifa va funksiyalari tegishincha Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi orasida taqsimlanmoqda;
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markazi – vazifa va funksiyalari Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga oʻtkazilmoqda;
Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi – vazifa va funksiyalari Sogʻliqni saqlash vazirligiga oʻtkazilmoqda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q