Jamiyat
Qarshi tuman tuman tibbiyot birlashmasi boshligʻi pora olayotganda qoʻlga olingan. Bu haqda Qashqadaryo viloyati prokuraturasi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, fuqaro S.Q.ning arizasi yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazilgan. Tadbirda Qarshi tuman tibbiyot birlashmasi boshligʻi M.M. birlashmada katta hamshira lavozimida ishlovchi S.A. orqali fuqaro S.Q.ni ishga qabul qilish evaziga 500 dollarni pora tariqasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan departamentning viloyat boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda Qarshi tuman prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilayotgani qayd etilgan.
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Madaniyat
Jamiyat
109959
Jamiyat
94287
Jamiyat
90140
Jamiyat
73396
Jamiyat
//
Izoh yo‘q