Jamiyat
Yangi yil bayrami munosabati bilan Samarqand shahrining ayrim koʻchalarida transport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi.
Shahar hokimining 2022-yil 19-dekabrdagi farmoyishiga binoan Yangi yil bayramini yuqori saviyada oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish, “Prezident archasi” tadbirini tashkil etish yuzasidan shaharning quyidagi koʻchalarida 2023-yilning 5-yanvariga qadar transport vositalarining harakati cheklanadi:
Universitet xiyobonidagi Amir Temur haykali oldidan viloyat musiqali drama teatriga kirish koʻchasi va Koʻksaroy maydonida;
Alisher Navoiy va Kamol ota Turk koʻchasi kesishmasida;
Beruniy koʻchasining Rudakiy koʻchasi bilan kesishgan qismidan Temiryoʻl vokzali maydonigacha;
Turkiston koʻchasining TATU Samarqand filiali akademik litseyi binosi oldidan oʻtgan 200 metr qismida;
Kimyogarlar qoʻrgʻoni Umid koʻchasining Ziyokorlar koʻchasi bilan kesishgan tutashmasidan Dargʻom koʻchasigacha boʻlgan qismida;
Kimyogarlar qoʻrgʻoni Dargʻom koʻchasining “Nurafshon” sanʼat saroyi oldidan oʻtgan qismida;
Xishrav qoʻrgʻoni Zakovat koʻchasining Almati koʻchasi bilan kesishmasidan Mevali koʻchasigacha boʻlgan qismida;
Xishrav qoʻrgʻoni Zakovat koʻchasining 2-Madaniyat va dam olish markazi binosi oldidan oʻtgan qismida;
Farhod qoʻrgʻonidagi “Zarafshon” istirohat bogʻiga tutash koʻchalarda;
Qorasuv massividagi 99-116 uylar oldidan oʻtuvchi tutash koʻchalarda.
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jahon
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q