Siyosat
Qozog‘iston Respublikasi Prezidentining O‘zbekistonga davlat tashrifi doirasida O‘zbekiston va Qozog‘iston Energetika vazirliklari hamda kompaniyalari o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan qator kelishuvlarga erishildi. Bu haqda Energetika vazirligi Matbuot xizmati ma’lum qildi. Xususan:
– 2023-yilda O‘zbekiston Respublikasiga 300 ming tonna Qozog‘iston nefti va neft mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha qiymati 150 mln dollarlik kelishuv imzolangan. Ushbu bitim doirasida neft yetkazib berish hajmini yiliga 3 million tonnaga yetkazish bo‘yicha ham ishlar ishlar olib boriladi;
– 300 ming tonna Rossiya neftining Qozog‘iston Respublikasi hududi orqali O‘zbekistonga 2023-yilda tranzit amalga oshirish bo‘yicha qiymati 9 mln dollarlik kelishuv;
– tabiiy gazning o‘zaro tranzitini amalga oshirish, mavjud yer osti gaz omborlarini modernizatsiya qilish va yangilarini qurish, shuningdek, gaz uzatish tizimini rivojlantirish.
Shuningdek, Qozog‘istonning “QazaqGaz” kompaniyasi bilan ikki mamlakat hududida geologiya-qidiruv ishlarini olib borish hamda loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi bilan birgalikda anglashuv memorandum doirasida qo‘shma ishchi guruhlar tomonidan 2023-yil 1-maygacha aniq takliflar tayyorlanadi.
Qozog‘iston Respublikasida quvvati 2000 MVtgacha bo‘lgan zamonaviy ko‘mir issiqlik elektr stansiyasini qurish va ishlab chiqariladigan elektr energiyasini O‘zbekiston iste’molchilariga yetkazib berish bo‘yicha loyihani amalga oshirish yuzasidan kelishuvga muvofiq 2023-yilda loyihaning texnik-iqtisodiy asoslari ishlab chiqiladi;
Bundan tashqari kimyo sanoatida fosfat va murakkab mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish bo‘yicha “Kazfosfat” kompaniyasi va “O‘zkimyosanoat” AJ o‘rtasida 1,3 milliard dollarlik keng ko‘lamli loyihaga start berildi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q