Jahon
Tahlillarga koʻra, atmosfera havosining ifloslanishi dunyoda yiliga 6,7 ming kishining hayotiga zomin boʻlmoqda. Xavotirli jihati, kelgusida vaziyat yanada yomon tus olishi mumkin.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan eʼlon qilingan yangi hisobotda keltirilishicha, hozir sayyora aholisining 99 foizi salomatlik uchun xavf tugʻdiruvchi havodan nafas olyapti.
Ifloslangan atmosferada mayda zarrachalar va azot dioksidi miqdori meʼyoridan yuqori. Bu omil odamlar oʻrtasida xavfli kasalliklarning koʻpayishiga sabab boʻladi.
Jumladan, zaharli moddalar oʻpka orqali organizmga kirib, yurak-qon tomir xastaliklarini keltirib chiqaradi. Bundan tashqari, nafas yoʻllarida jiddiy muammolar yuzaga keladi.
Kul zarralari va chang konsentratsiyasi ortishidan allergiyaga moyil bemorlar ham aziyat chekadi. Oʻz navbatida bronxial astma, demans va boshqa koʻplab surunkali kasalliklar rivojlanishi xavfi paydo boʻladi.
Mazkur global muammodan ayniqsa, oʻrta va past daromadli mamlakatlar aholisi eng koʻp zarar koʻrishi taxmin qilinyapti.
Shu sababli BMT dunyo davlatlari atmosfera ifloslanishining oldini olishga qaratilgan tezkor va samarali choralar koʻrishi zarur degan xulosada.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q