Siyosat
Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev mamlakatimizga tashrifi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan birgalikda Toshkent shahridagi Shayx Xovandi Tohur va Toʻlabiy maqbaralarini ziyorat qildi.
Shayx Xovandi Tohur XIV asrda yashagan olim va soʻfiy, Ahmad Yassaviy taʼlimotining davomchisi boʻlgan. Insonlarni ilm-maʼrifatga, yetakchilarni tinchlik-ahillikka chorlagan valiy zot sifatida xalq xotirasida qolgan.
Shayx maqbarasi atrofi aziz qadamjoga aylangan. Xususan, XVII asrda bu yerga Toʻlabiy dafn etilgan. Qaldirgʻochbiy deb ham ataladigan bu inson qozoq elining bosh qozilaridan hamda “Jeti Jargʻi” qonunlar toʻplamining tuzuvchilaridan biri boʻlgan.
Yonma-yon joylashgan bu maqbaralar oʻzbek va qozoq xalqlari azaldan birga yashagani, qardosh-u hamfikr boʻlganining yana bir dalolatidir.
Qozogʻiston rahbari maqbaralar tarixi bilan tanishdi, obodonlashtirish ishlarini koʻzdan kechirdi.
Qurʼon tilovat etilib, duo oʻqildi.
Qasim-Jomart Toqayev qardosh xalqlarimizning umumiy tarixiy-madaniy merosini asrab-avaylashga qaratilayotgan eʼtibor uchun Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga minnatdorlik bildirdi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q