Jamiyat
Dunyodagi yetakchi sogʻliqni saqlash va xavfsizlik xizmatlari kompaniyasi hisoblangan International SOS mamlakatlarning odamlar hayoti uchun xavfsizligi haqidagi hisobotini taqdim etdi, deb xabar bermoqda Turizm va madaniy meros vazirligi.
Maʼlumotlarga koʻra, Oʻzbekiston dunyodagi eng xavfsiz davlatlardan biri deya qayd etilgan. Bu borada mamlakat AQSH, Ispaniya, Shvetsiya, Buyuk Britaniya, Qatar, Fransiya kabi davlatlar bilan bir roʻyxatda joylashgan.
“Zoʻravonlik jinoyatlari darajasi juda past. Hech qanday siyosiy tazyiq, fuqarolarning tartibsizliklari va chet elliklarga nisbatan diniy yoki irqiy tajovuz kuzatilmaydi. Xavfsizlik va favqulodda vaziyatlar xizmatlari samarali va infratuzilma mustahkam. Transport xizmatlari yuqori standartlarga ega, xavfsizlik qoidalari kuchli va faqat vaqti-vaqti bilangina sayohatlar toʻxtatilishi mumkin”, — deya taʼrif beriladi xavfsizlik yuqori boʻlgan mamlakatlarga.
Eng xavfli davlatlar sifatida esa Afgʻoniston, Mali, Liviya, Iroq, Suriya, Afgʻoniston, Yaman va Ukraina qayd etilgan.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Sport
109678
Jamiyat
94060
Jamiyat
89842
Jamiyat
72997
Jamiyat
//
Izoh yo‘q