“Milliy raqs ijrochilari” koʻrik-tanlovining g'oliblari aniqlandi

Saqlash
21:48 / 21.12.2022 1892 0

Prezidentimizning 2022-yil 2-fevraldagi PQ-112-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-martidagi 237-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida har yili Mukarrama Turgʻunboyeva nomidagi “Milliy raqs ijrochilari” respublika koʻrik-tanlovi oʻtkazib kelinadi. Shu yilning 13-dekabr kuni Toshkent shahrining "Turkiston" sanʼat saroyida koʻrik-tanlovning yakuniy bosqichi bo'lib o'tdi.

 

 

 

Yakuniy natijaga ko‘ra, 1-oʻrinni Toshkent shahridan Useinova Ulkera Gayetovna; 2-oʻrinni Qoraqalpogʻiston Respublikasidan Djumabayeva Maqpal Maksat qizi hamda Toshkent shahridan Mirzayeva Guli Oybek qizi; 3-oʻrinni Namangan viloyatidan Nosiraliyeva Ruxshona Farrux qizi va Toshkent shahridan Mayra Rajapova qo‘lga kiritdi. 

 

 

 

Eslatib o‘tamiz, Madaniyat vazirligi hamda “Bahor” davlat raqs ansambli hamkorligida tashkil etilgan mazkur koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar saralash bosqichlarida ishtirok etgan 217 nafar isteʼdodli raqqosadan 40 nafari respublika bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritgan edi.

 

Iroda HAMIDOVA,
Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi
"Bahor" davlat raqs ansambli matbuot kotibi

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//