Sport
Ozarboyjon poytaxti Boku shahrida shaxmat boʻyicha nufuzli xalqaro turnir davom etmoqda.
Vugar Gashimov xotirasiga bagʻishlab oʻtkazilayotgan anʼanaviy musobaqada dunyoning nomdor 10 grossmeysterlari qatorida rapid boʻyicha amaldagi jahon chempioni, Butunjahon shaxmat olimpiadasi gʻolibi Nodirbek Abdusattorov ham bosh sovrin uchun dona suryapti.
Musobaqaning yakuniga yetgan rapid yoʻnalishidagi bahslarda Abdusattorov oʻz peshqadamligini saqlab qolgan holda turnir chempioniga aylandi. Nodirbek uchinchi kun dasturida 1 gʻalaba va 2 durang natija qayd etdi va 14 ochko bilan xalqaro xotira turniri gʻolibligini qoʻlga kiritdi.
Abdusattorov 7-turda eng yaqin taʼqibchisi ozarboyjonlik Rauf Mamedovni magʻlubiyatga uchratdi. Ruminiyalik Richard Rapport hamda soʻnggi turda hindistonlik Gukesh bilan durangga rozi boʻldi. Yakunda 9 partiyadan 5 tasida gʻalaba, 4 tasida durang oʻynab, musobaqani magʻlubiyatsiz yakunladi.
21-dekabrdan shaxmatchilar blits yoʻnalishida musobaqalarni boshlaydi.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q