Jamiyat
Jamoat transporti uchun moʻljallangan yoʻlaklardan foydalangan va oʻz avtomobilini bekatlarga qoidaga zid ravishda qoldirib ketgan haydovchilarga chora koʻrish boʻyicha yangi tizim ishga tushadi. Bu haqda IIV Jamoat xavfsizligi departamenti yoʻl-harakat xavfsizligi boshqarma boshligʻi Fazliddin Toshkenboyevning maʼlum qildi.
“Avtomobillarning yoʻl yoqalariga tartibsiz qoldirib ketish holatlari juda koʻp. Buning oldini olish maqsadida jamoat transportlariga videoregistratorlar oʻrnatish rejalashtirilgan. Bu orqali inson omilini cheklagan holda qoidabuzarlarga nisbatan jazo choralarini qoʻllash yoʻlga qoʻyiladi”, — deydi Toshkenboyev.
Avvalroq Samarqanddagi yoʻlovchi tashuvchi avtobuslar ham qoidabuzarliklarni qayd etib borishi aytilgandi.
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Madaniyat
Jamiyat
Madaniyat
109962
Jamiyat
94287
Jamiyat
90140
Jamiyat
73401
Jamiyat
//
Izoh yo‘q