2023-yilda eksport hajmi tariximizda ilk bor 23 milliard dollardan ortadi

Saqlash
18:08 / 20.12.2022 1025 0

“2023-yilda tayyor mahsulotlar eksportini qoʻshimcha 4 milliard dollarga oshirish asosiy maqsadimiz boʻladi.

 

Bu yil boshlangan “Yangi Oʻzbekiston – raqobatbardosh mahsulotlar yurti” dasturi oʻz samarasini bermoqda.

 

Bir yilning oʻzida 2 mingga yaqin tadbirkorlar ilk bor tashqi bozorlarga chiqdi.

 

Kelasi yilda ham, eksport qiluvchilarga transport va boshqa xarajatlarini kompensatsiya qilish davom ettiriladi.

 

Yevropa bozorlariga tekstil, elektrotexnika, charm-poyabzal va boshqa tayyor mahsulotlar eksportini kamida 2 barobar oshiramiz.

 

Mahsulotlar eksporti boʻyicha hozirgi 9 ta bosqichli bojxona rasmiylashtiruvi 3 barobarga qisqaradi.

 

Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlish boʻyicha asosiy muzokaralarni yakunlab, ichki qonunchilikni moslashtirish, yangi standartlarni joriy etish ishlarini jadallashtiramiz.

 

Umuman, 2023-yilda eksport hajmi tariximizda ilk bor 23 milliard dollardan ortadi (2018-yilda 14 milliard dollar boʻlgan)”, — Shavkat Mirziyoyev.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//