Siyosat
“Maʼmuriy islohotlar doirasida yana bir muhim tashabbusni ilgari surmoqchiman.
Hozirga kelib Markaziy Osiyoda aholisi milliondan ortiq shaharlar 7 taga yetdi.
Mintaqamizda poytaxtlar bilan bir qatorda, boshqa yirik shaharlar ham “oʻsish nuqtalari”ga aylanmoqda.
Bular orasida Samarqand va Namangan shaharlari ham bor. Ularning har birida aholi soni bir millionga yetmoqda.
Ikkala shaharda ham ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda.
Samarqand shahri dunyo taniydigan megapolisga, xalqaro turizm va biznes markaziga aylandi.
Namangan ham sanoat, tadbirkorlik, taʼlim, madaniyat sohalarida mintaqaviy markaz sifatida oʻz oʻrnini topmoqda.
Shu bois, Samarqand va Namangan shaharlarini alohida maʼmuriy-hududiy birliklar sifatida respublika boʻysunuviga oʻtkazishni taklif qilaman”, — Shavkat Mirziyoyev.
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Madaniyat
Jamiyat
Madaniyat
109962
Jamiyat
94287
Jamiyat
90140
Jamiyat
73400
Jamiyat
//
Izoh yo‘q