“Qaysi vazir oʻz ishini eplay olmasa, isteʼfoga chiqadi” – Prezident

Saqlash
16:44 / 20.12.2022 923 0

“Biz korrupsiya haqida koʻp gapiramiz, lekin tizimida korrupsiyaga yoʻl qoʻyilsa, nima uchun vazir javob bermasligi kerak?

 

Endi soʻrov boshqacha boʻladi.

 

Vazir oʻz tizimiga ajratilgan mablagʻlarni samarali va maqsadli ishlatish boʻyicha birinchi boʻlib, oʻzi javob beradi.

 

Davlat vakillari oʻzining halol mehnati, oddiyligi, xalqsevarligi, samimiyligi va fidoyiligi bilan odamlarimiz mehrini qozonishi kerak.

 

Endi, vazirlarning siyosiy masʼuliyati oshirilib, Hukumat qarorlari loyihalari, mamlakatimiz hayotiga oid muhim ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bevosita vazirlar ishtirokida kollegial hal etiladi.

 

Har bir viloyatdagi muammolarni yechish uchun, har oyda joyiga chiqqan holda “Hukumat kuni” oʻtkazilishi yoʻlga qoʻyiladi.

 

Vazir har yil boshida jamoatchilik oldida sohadagi rejasi va yil yakuni bilan esa uning natijasi boʻyicha hisobot beradi.

 

Taʼkidlab aytmoqchiman – endi, qaysi vazir oʻz ishini eplay olmasa, isteʼfoga chiqadi”, – Shavkat Mirziyoyev.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//