“Qoraqalpogʻiston yutugʻi – butun Oʻzbekiston yutugʻi, Qoraqalpogʻiston tashvishi – butun Oʻzbekiston tashvishi”, — Shavkat Mirziyoyev

Saqlash
16:20 / 20.12.2022 908 0

Ayni daqiqalarda Shavkat Mirziyoyev Parlament va Oʻzbekiston xalqiga murojaat qilmoqda. Prezident Qoraqalpogʻiston voqealariga toʻxtaldi.

 

“Hammamiz koʻrib-bilib turibmiz – bugun insoniyat nihoyatda murakkab davrni boshidan kechirmoqda.

 

Yer yuzidagi iqlimning keskin oʻzgarishi, suv va tabiiy resurslar kamayishi bilan bogʻliq muammolar katta xatarlarga aylanmoqda.

 

Xalqaro munosabatlarda oʻzaro ishonch kamayib, qarama-qarshilik va mojarolarning ortishi barqarorlik va rivojlanishga jiddiy xavf solmoqda.

 

Afsuski, bunday xavf-xatarlar bizni ham chetlab oʻtmayapti.

 

Qoraqalpogʻistonda sodir boʻlgan noxush voqealar xalqimizni qattiq qaygʻuga soldi.

 

Xudoga shukur, koʻp millatli xalqimizning oqilligi va donishmandligi bilan vaziyat tezda izga tushdi.

 

Biz uchun “Qoraqalpogʻiston yutugʻi – butun Oʻzbekiston yutugʻi, Qoraqalpogʻiston tashvishi – butun Oʻzbekiston tashvishi”, degan gʻoya hamisha amaliy harakat dasturi boʻlib kelgan va bundan keyin ham shunday boʻlib qoladi!

 

Bizning ezgu maqsadimiz – birgalikdagi mehnatimiz bilan Yangi Oʻzbekistonda har tomonlama rivojlangan, obod va farovon Yangi Qoraqalpogʻistonni bunyod etishdir.

 

Asrlar davomida et va tirnoq kabi bir boʻlib ketgan xalqlarimiz doʻstligiga, hech qanday kuch taʼsir koʻrsata olmaydi. Chunki, bizning oʻtmishimiz bir, bugunimiz ham, kelajagimiz ham bir!”

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//