Jamiyat
250 ta uy-joy mulkdorlar shirkatlari tomonidan 20 mlrd soʻm mablagʻlar talon-taroj qilingan, 50 ga yaqin shirkat rahbariga jinoiy ish qoʻzgʻatilgan. Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Uy-joy fondi inspeksiyasi rahbari Azlar Sodiqov maʼlum qildi.
Unga koʻra, koʻp kvartirali uylar va unga tutash hududlarda jami 11 778 ta noqonuniy qurilmalar aniqlangan boʻlib shulardan, 3 500 tasiga 6,0 mlrd.soʻm maʼmuriy jarimalar qoʻllanilgan hamda 6 800 tasi mulkdorlarning oʻzlari tomonidan avvalgi holatiga qaytarilgan.
Shuningdek, koʻp kvartirali uylarga xizmat koʻrsatuvchi jami 1000 ga yaqin boshqaruv organlari faoliyati oʻrganilgan. Natijalarga koʻra 250 ta uy-joy mulkdorlar shirkatlari tomonidan jami 20 mlrd.soʻm mablagʻlarni talon-taroj yoki uy-joy mulkdorlariga zarar yetkazganligi aniqlandi. Shundan, 50 ga yaqin shirkat rahbarlariga nisbatan jinoiy ishlar qoʻzgʻatilib 700 mln.soʻmga yaqin mablagʻlar shirkatlar hisobiga qaytarilgan.
Koʻp kvartirali uylar va ularga tegishli tutash hududlarda olib borilgan taʼmirlash-tiklash ishlari oʻrganilganda esa jami qiymati 14 mlrd.soʻm miqdorda 57 ta qonun buzilish holatlari aniqlangan. Hozirda pudrat tashkilotlariga nisbatan jinoiy ishlar qoʻzgʻatilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
1 Izoh
Nigora
12:01 / 01.01.1970
Assalomu aleykum!Men ham shu boʻyicha yozayotgan edim.Aslini olganda har yil koʻp qavatli uylarda yashaydigan fuqaro 1000000 soʻm miqdor pul toʻlaydimi shirkatlarga?Kuni kecha bizga shu boʻyicha telefon qilib aytdilar pul berishlaringiz kerak deb aytishdi.Kimga murojaat qilishni bilmayabman.Oydinlik kiritib berishlaringizni soʻrab iltimos qilaman.