Jamiyat
Toshkent shahrida joylashgan “Abu Saxiy” savdo majmuasidagi doʻkonlardan biridan 25 ta telefon oʻgʻirlagan erkak ushlandi. Bu haqda poytaxt IIBB axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Chilonzor tumani IIO FMBga 14-dekabr kuni soat 18:30 larda nomaʼlum shaxs “Abu Saxiy” savdo majmuasidagi doʻkonlardan birining kirish eshigi ochiq qolganidan foydalanib jami 52,7 million soʻmlik 25 dona turli rusumdagi uyali telefonlarni oʻgʻirlab ketgani toʻgʻrisida xabar kelib tushgan.
Koʻrilgan chora-tadbirlar natijasida, ushbu jinoyatni sodir etishda gumon qilingan 29 yoshli X.I. aniqlanib, qoʻlga olingan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (Oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov davom etmoqda.
Madaniyat
Sport
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Siyosat
112365
Jamiyat
95029
Jamiyat
91223
Jamiyat
75936
Jamiyat
//
Izoh yo‘q