Kikboksing: Oʻzbekiston terma jamoasi Osiyo chempionatida 24 ta medalni qoʻlga kiritdi

Saqlash
17:38 / 19.12.2022 1121 0

Tailandning Bangkok shahrida kikboksing boʻyicha Osiyo chempionati oʻtkazildi.

 

18-dekabr kungi musobaqada oʻzbekistonlik kikboksingchilar 6 ta oltin medal sovrindori boʻldi:

 

1. Abdumurodov Davlatbek — 67 kg;

1. Kosolapov Sergey — 69 kg;

1. Mahmudov Nazarbek — 51 kg;

1. Baratov Hsanxon — 91 kg;

1. Azimov Murodbek — 91 kg;

1. Baratov Husanxon — 91 kg.

 

Osiyo chempionatida 22 nafar kikboksing sport ustasi 27 ta yoʻnalishda Oʻzbekiston sharafini himoya qilishdi. Chempionat sarhisobiga koʻra sportchilar 24 ta medalni qoʻlga kiritishdi. Ulardan 10 tasi oltin, 9 tasi kumush va 5 ta bronza medalga ega chiqishdi.

 

Sportchilarning 6 nafari Jang sanʼati jahon oʻyinlari yoʻllanmasi uchun belgilangan vazn toifasida kurashib, ularning uchtasi keyingi yil Ar-Riyodda boʻlib oʻtadigan Jahon oʻyinlari musobaqasida qatnashish imkoniyatiga ega boʻlishdi.

 

Kelgusi yilda Ar-Riyodda boʻlib oʻtadigan jang sanʼati jahon oʻyinlarida Oʻzbekistondan birinchi marta kikboksing ustasi sifatida yurt bayrogʻini koʻtaradigan sportchilar:

 

Istamov Zarifjon — 60 kg;

Kosolapov Sergey — 69 kg;

Choriyeva Malika — 65 kg.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//