Toshkentning ikki tumanida ichimlik suvi bir kunga oʻchiriladi

Saqlash
17:15 / 19.12.2022 935 0

“Toshkent shahar suv taʼminoti” MCHJ matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, Yer usti metro yoʻli qurilish ishlari munosabati bilan ichimlik suv tarmogʻini koʻchirib oʻtkazilgan qismini qayta ulash ishlari olib boriladi.

 

Xususan, Sergeli tuman Qipchoq koʻchasidan oʻtuvchi yer usti metro yoʻli qurilish ishlari munosabati bilan D-1000mm boʻlgan ichimlik suv tarmogʻini koʻchirib oʻtkazilgan qismini qayta ulash ishlari amalga oshiriladi.

 

Shu munosabat bilan joriy yilning 20-dekabr kuni 9:00 dan 21-dekabr kuni 9:00 gacha Sergeli tumani boʻyicha “Qorasuv”, “Taraqqiyot”, “Xonabod”, “Qushbegi”, “Xonabodtepa”, “Quruvchilar”, “Daryo boʻyi”, “Fayzli”, “Jaloir”, “Qipchoq”, “Soʻgʻdiyona”, “Oʻzgarish”, “Habibiy”, “Temir yoʻlchi”, “Shukur Burxonov”, “Yangi Sergeli”, “Tinchlik”, “Guliston”, “Bobur”, “Ittifoq”, “Nilufar”, “Humo” mahallalari vaqtincha suvsiz qoldiriladi.

 

Shuningdek, Yangihayot tumani boʻyicha “Qipchoq”, “Yoʻldosh”, “Al-Fargʻoniy”, “Viqor”, “Olchazor”, “Doʻstlik”, “Chortoq”, “Charagʻon”, “Toshkent” mahallalari, 1-sonli Tugʻruq kompleksi, 37-sonli poliklinikaga ichimlik suvi oʻchiriladi.

 

Suvsiz qolgan hududlarga ichimlik suvi maxsus texnikalarda yetkazib beriladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//