Jamiyat
Respublika Gidrometeorologiya markazi Oʻzbekiston boʻyicha 20-dekabr, seshanba kuni qanday ob-havo kuzatilishi haqida maʼlumot berdi.
Toshkent shahri. Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-2 daraja, kunduzi 7-9 daraja iliq boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi. Havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda biroz qor yogʻadi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 6-11 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq boʻladi.
Xorazm viloyati. Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-9 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 7-12 daraja iliq boʻladi.
Toshkent, Jizzax, Samarqand va Sirdaryo viloyatlari. Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja, kunduzi 8-13 daraja iliq boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari. Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushadi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq boʻladi.
Respublika togʻli hududlari. Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq boʻladi.
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jahon
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q