Jamiyat
“Zakovat” intellektual olimpiadasi doirasida breyn-ring oʻyinlari finali boʻlib oʻtdi. Prezident administratsiyasi ijro etuvchi apparatining kommunikatsiyalar va axborot siyosati boʻyicha shoʻba mudiri Saida Mirziyoyeva har bir zakovatchi ortida turgan ustozlar haqidagi fikrlarini bildirdi.
“Afsuski, farzandlarimizga taʼlim berayotgan oʻqituvchilar yillar davomida haq-huquqsiz, himoyasiz, qadrsiz boʻldi. Ulardan bogʻbon, farrosh, maktabga kelgan komissiyalarga xizmat koʻrsatuvchi ofitsiant, zerikarli tadbirlarda boʻsh zallarni toʻldiruvchi ‘massovkaʼ, matbuot nashrlariga majburiy obunachi, tungi navbatchi va maktab qorovuli sifatida foydalanildi.
Endi bu ishlarni toʻxtatish vaqti keldi. Chunki oʻqituvchilar qadrini koʻtarmas ekanmiz, hech narsaga erisha olmaymiz. Oʻqituvchilarga vazifasidan tashqari ishlarni yuklaydiganlarni maʼmuriy va jinoiy javobgarlikka tortish boʻyicha qonun loyihasi ishlab chiqildi va tez orada qabul qilinishi kutilyapti. Bugungi intellektual olimpiada gʻoliblarini chin dildan tabriklayman!” – deb yozadi Mirziyoyeva.
14–17-dekabr kunlari oʻtkazilgan “Zakovat” Intellektual olimpiadasi oʻz yakuniga yetdi. Umumjamoa hisobida quyidagi jamoalar olimpiadaning birinchi sovrindorlari boʻldi:
1-oʻrin: Qarshi davlat universiteti;
2-oʻrin: Toshkent tibbiyot akademiyasi;
3-oʻrin: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Gʻolib boʻlgan oliy taʼlim muassasalari quyidagi koʻrinishda prezident sovrini bilan taqdirlanadi:
1-oʻrin: Universitet talabalari uchun zamonaviy kutubxona;
2-oʻrin: 100 ta monoblok;
3-oʻrin: 100 ta noutbuk.
Intellektual olimpiada gʻolib va sovrindorlari boʻlgan talabalar chet elda malaka oshirish, stajirovka oʻtash yoki magistratura va PhD dasturlari boʻyicha taʼlim olishga yuboriladi;
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Intellektual olimpiada gʻolib va sovrindorlarini oʻz mutaxassisligi boʻyicha kadrlar zaxirasiga oladi.
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jahon
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q