Jamiyat
Joriy yilning 10 oyi mobaynida koʻcha va jamoat joylarida hayot va sogʻliq uchun xavfli boʻlgan buyumlarni olib yurgan jami 56315 nafar shaxslar aniqlanib, ulardan jami 56406 dona hayot va sogʻliq uchun xavfli boʻlgan buyumlar tortib olingan. Bu haqda Jamoat tartibini saqlash tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning samarasi, tizimni axborotlashtirish masalalari, mavjud muammolar va ularning yechimiga bagʻishlangan matbuot anjumanida aytib oʻtildi.
Qayd etilishicha, koʻcha va jamoatchilik joylarida “sovuq qurol” bilan bogʻliq jinoyatlarni oldini olish maqsadida oʻtkazilgan profilaktik tadbirlar davomida hayot va sogʻliq uchun xavfli boʻlgan buyumlarni olib yurgan jami 56315 nafar shaxslar aniqlanib, ulardan jami 56406 dona (45824 dona pichoq, 800 dona bita, 1122 dona kastet, suruken va kestenilar hamda 8860 dona boshqa) hayot va sogʻliq uchun xavfli boʻlgan buyumlar tortib olingan.
Shu jumladan, hayot va sogʻliq uchun xavfli boʻlgan buyumlarni olib yurgan 816 nafar voyaga yetmaganlar aniqlanib, ulardan (jami 823 ta sovuq qurol) 456 dona pichoq, 21 dona bita, 204 dona kastet, suriken va kistenilar hamda 142 dona boshqa hayot va sogʻliq uchun xavfli boʻlgan buyumlar olib qoʻyilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jahon
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q