Ikkilamchi bozordagi uy-joylar narxi qariyb 16 foizga oshdi

Saqlash
19:33 / 16.12.2022 1745 0

Joriy yil boshidan buyon ikkilamchi bozorda uy-joylarning tez oʻsishi kuzatilmoqda. Xususan, respublikada 1 kv.m uchun uy-joy narxi 15,8 foizga oshdi.

 

Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining koʻchmas mulk bozori tahliliga oid sharhida maʼlum qilindi.

 

Qayd etilishicha, noyabr oyida ikkilamchi bozorda uy-joylarning oʻrtacha narxi 3,9 foizga oshdi (iyul oyida – 2,5 foiz, avgust oyida – 0,5 foiz, sentyabr oyida – 1,1 foiz, oktyabr oyida – 2,3 foiz).

 

Ikkilamchi uy-joy narxlarining eng sezilarli oʻsishi Toshkent (22,9 foiz), Navoiy (22 foiz) viloyatlar va Toshkent shahrida (22,7 foiz) kuzatildi.

 

Poytaxtda ikkilamchi uy-joy bozoridagi narx bir oy ichida 2,4 foizga qimmatlashdi (iyul oyida – 2,4 foiz, avgust oyida – 1,4 foiz, sentyabr oyida – 1,7 foiz, oktyabr oyida – 4,6 foiz).

 

Narxlarning eng yuqori oʻsishi poytaxtning Bektemir – 12 foiz, Mirobod – 5 foiz va Yunusobod – 4 foiz tumanlarida qayd etildi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//