Sport
Boks boʻyicha jahon chempioni Shahram Gʻiyosov Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 30 yilligi koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi. Bu haqda sportchi oʻz Instagram sahifasida maʼlum qildi.
«Hurmat va eʼtibor uchun Oʻzbekiston Davlat bojxona qoʻmitasi raisi Akmalxoʻja Mavlonov va bojxona rahbarlariga oʻz minnatdorligimni bildiraman. Oʻzbekiston Respublikasiga fidokorona xizmat qilaman», deb yozgan u.
Maʼlumot uchun, sentyabr oyida taniqli bokschi, Olimpiada chempioni Shahram Gʻiyosov Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona organiga ishga qabul qilingani haqida xabar bergan edi.
Madaniyat
Madaniyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112447
Jamiyat
95112
Jamiyat
91341
Jamiyat
76031
Jamiyat
//
Izoh yo‘q