Jamiyat
Oʻzbekistonda dam olish kunlari iliq ob-havo boʻlishi kutilmoqda. Bu haqda “Oʻzgidromet” markazi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, dekabr oyi boshida havo haroratini belgilagan sovuq antitsiklon mamlakatni tark etdi. Hududga iliq havo massalari kirib keldi, havo harorati keskin koʻtarildi, qor butunlay erib ketdi.
16-dekabr kuni Oʻzbekiston boʻyicha quyoshli va iliq ob-havo boʻlishi kutilmoqda. Toshkent viloyatining baʼzi joylarida shamol tezligi soatiga 15-20 m/s gacha kuchayadi. Kunduzi havo 9-14 daraja iliqqacha, baʼzi joylarda 16-18 darajagacha isiydi, bu oʻrtacha koʻp yillik qiymatlardan 4-5 daraja yuqoridir.
Dam olish kunlari Oʻzbekiston boʻyicha yogʻingarchilik kutilmaydi, ammo harorat foni biroz pasayadi. Havo harorati kechalari 3 daraja sovuq 2 daraja iliqni, kunduzi shanba kuni 7-12 daraja iliqni, yakshanba kuni 5-10 daraja iliqni tashkil etadi va ushbu kunlarning meʼyoriy qiymatlariga yaqin boʻladi.
Respublikaning baʼzi joylariga tuman tushishi kutilayotgani qoʻshimcha qilingan.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
112134
Jamiyat
94818
Jamiyat
90870
Jamiyat
75665
Jamiyat
//
Izoh yo‘q