
Jamiyat
15-dekabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 04:15 da Ozarboyjonning “Azal” aviakompaniyasining samolyoti Fargʻonaga kelib qoʻndi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar bermoqda.
Boku—Fargʻona—Boku yoʻnalishini ochgan Airbus A320 borti anʼanaviy tarzda suv arkasi bilan, ekipaj va yoʻlovchilar esa karnay-surnay sadolari ostida kutib olindi.
Muntazam reyslar haftada bir marta — payshanba kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Aytish joizki, Fargʻona Ozarboyjon aviatashuvchisi parvoz qila boshlagan Oʻzbekistondagi uchinchi shaharga aylandi. Bokudan Toshkentga reyslar haftasiga ikki marta — payshanba va yakshanba kunlari muntazam ravishda amalga oshiriladi. Bokudan Samarqandga — seshanba va payshanba kunlari.
1992-yilda tashkil etilgan “Ozarboyjon havo yoʻllari” (Azal) yirik aviatashuvchi boʻlib, Boeing va Airbus samolyotlarining zamonaviy parkiga ega boʻlgan, MDH mamlakatlari aviatsiya hamjamiyatida yetakchilardan biri hisoblanadi.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q