Piyoz, sabzi, guruch narxlari oshgan, shakar esa arzonlashgan. Bozorlardagi narxlar maʼlum qilindi

Saqlash
14:59 / 16.12.2022 1790 0

Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan hududiy markaziy dehqon bozorlarida oʻtkazilgan kuzatuv natijalari boʻyicha alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlari maʼlum qilindi.

 

Unga koʻra, bozorlarda piyoz, sabzi, guruch narxlari oshgan, shakar esa arzonlashgan.

 

2022-yil 14-dekabr holatiga bozorlardagi narxlar:

 

Suyakli mol goʻshti (1 kg) — 48 000 – 78 000 soʻm

Qoʻy goʻshti (1 kg) — 55 000 – 91 000 soʻm

Kartoshka (1 kg) — 3000 – 6000 soʻm

Piyoz (1 kg) — 2500 – 6000 soʻm

Sabzi (1 kg) — 2000 – 5 500 soʻm

Tuxum (10 dona) — 10 000 – 17 000 soʻm

Guruch (1 kg) — 6000 – 27 000 soʻm

Oʻsimlik yogʻi (1 l) — 16 500 – 30 000 soʻm

Shakar (1 kg) — 11 000 – 15 000 soʻm.

 

Bunda dehqon bozorlari hududidagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari hisobga olingan. Supermarket, minimarket, doʻkonlardagi narxlar inobatga olinmaganini qayd etish kerak.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//