Jamiyat
14-dekabr kuni Xovos tumanida Maʼnaviyat va maʼrifat maskanining ochilish marosimi oʻtkazildi.
Maskan binosi zamonaviy jihozlangan boʻlib, unda “Maʼrifat kutubxonasi”, “Maʼrifat muzeyi”, majlislar zali, seminar-treninglar oʻtkazishga moʻljallangan xonalar hamda faoliyat olib borish uchun maxsus xonalar oʻrin olgan.
Birinchi va ikkinchi renessans asoschilari, jadidchilik harakati aʼzolari boʻlgan alloma va maʼrifatparvarlarimizning hayoti va ijodiy faoliyati, “Bir ziyoli – bir mahallaga maʼnaviy homiy”, “Har bir nuroniy – oʻn yoshga masʼul” kabi tamoyillar asosida olib borilayotgan ishlar haqida xabar beruvchi fotolavhalar, Prezidentning sohaga oid farmon va qarorlari oʻrin olgan targʻibot lavhalari shular jumlasidan.
Maʼnaviyat maskanining ochilish marosimida tashkilot va korxonalar rahbarlari, turli soha rahbarlarining maʼnaviyat va maʼrifat ishlari boʻyicha xodimlar, ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchilar va jamoatchilik vakillari ishtirok etib, mana shu maskanni ichki va tashqi mazmunini boyitishga yaqindan hissa qoʻshgani uchun Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi viloyat boʻlimiga minnatdorchilik bildirildi.
“Kelgusida mazkur maskan Xovos xalqining chin maʼnoda maʼnaviyatiga xizmat qiladigan aql va nafosat maskaniga aylanishiga katta ishonch bildiramiz”, – deyiladi tuman hokimligi axborot xizmati xabarida.
Jamiyat
Jahon
Jahon
Sport
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q