Siyosat
Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi. Unda bugundan boshlab hokimlar, sektor rahbarlari hamma kuchini safarbar qilib, sharoit ogʻir mahallalarda odamlarni rozi qilish bilan shugʻullanishi kerakligi taʼkidlandi.
Bosh prokuratura, IIV, DXX, Milliy gvardiya, Energetika vazirligiga noqonuniy ulanishlar, oʻgʻirliklar boʻyicha nazoratni kuchaytirish topshirildi.
«Umuman, energiya resurslari taʼminotidagi bugungi vaziyat tarmoq va hudud rahbarlari uchun katta saboq boʻlishi lozim.
Energiya taʼminoti “qoʻl boshqaruvi” orqali emas, tizim asosida ishlashi kerak», dedi davlatimiz rahbari.
Ikki oy muddatda energiya taʼminoti tizimini oʻzgartirish, yangi talablarga moslashtirish boʻyicha qaror loyihasini kiritish vazifasi qoʻyildi.
Ai-80 markali benzin narxini tushirish uchun 1-martgacha joriy etilgan aksiz soligʻidan ozod qilish imtiyozi joylarda “oʻyinga aylanib ketmasligi” kerakligi qatʼiy koʻrsatib oʻtildi.
Bosh prokuratura va Monopoliya qoʻmitasiga viloyat hokimlari bilan birga:
- birja savdolarida va yoqilgʻi quyish shoxobchalarida benzin narxining sunʼiy oshib ketishining oldini olish choralarini doimiy koʻrib borish;
- suyultirilgan gaz va koʻmirni aholiga oʻz vaqtida yetkazib berish ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatish topshirildi.
Siyosat
Madaniyat
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Madaniyat
109961
Jamiyat
94287
Jamiyat
90140
Jamiyat
73399
Jamiyat
//
Izoh yo‘q