Ramatov, Abdullayev, Abduraxmanov... Prezident bir qator rahbarlarga “hayfsan” berdi

Saqlash
22:20 / 15.12.2022 1644 0

Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi. Unda Prezident bir qator rahbarlarga “hayfsan” berdi.

 

«Kuni-kecha Uchtepani aylanib, pastdagi ahvol boʻyicha xulosalarimni qildim.

 

Ichki koʻchalar, uy-joylar oldi tozaligini ham sizlarga Prezident aytishi kerak-mi?», davom etdi Prezident.

 

Hududlarga soʻnggi yillarda 30 mingdan ortiq shtat berilib, mahallalarda sharoitlarni yaxshilash uchun bu yilning oʻzida 12 trillion soʻm berilgani koʻrsatib oʻtildi.

 

Tuman hokimining 6-7 nafar oʻrinbosari, 4 ta sektor rahbari, mahalla raislari, boshqaruv kompaniyalari shu oddiy ishlarni qila olmagani, xonadonlarga kirib, aholi bilan muloqot qilmagani tanqid qilindi.

 

Yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklar uchun Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari A.Ramatov, “Oʻzbekneftgaz” raisi M.Abdullayev, “Issiqlik elektr stansiyalari” raisi F.Abduraxmanov, “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” raisi D.Isakulov, “Hududiy elektr tarmoqlari” raisi U.Mustafoyev, “Oʻztransgaz” raisi B.Normatov, «Hududgaztaʼminot» raisi B.Eshmurodovga “hayfsan” berildi.

 

“Agar ular odamlarni aniq reja va tahlil bilan ogohlantirganida, adolatli haqiqatni aytganida, odamlarimiz toʻgʻri tushunib, norozi boʻlmas edi”, dedi Prezident.

 

Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari va ushbu rahbarlarga ikki oy davomida favqulodda rejimda ishlashga topshiriq berildi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//