Jamiyat
Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev jamoat transporti haydovchilarining oylik maoshini 2 barobarga oshirdi. Bu haqda «Toshshahartransxizmat» axborot xizmati maʼlum qildi.
«Davlatimiz rahbarining topshirigʻiga asosan «Toshshahartransxizmat» AJ avtobus haydovchilari joriy yilning dekabr oyidan boshlab kamida 5-6 mln soʻm miqdorida oylik maoshi olishadi», deyiladi xabarda.
Joriy yilning 13-dekabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Uchtepa tumaniga borib, Toshkentdagi 18-son avtobus saroyi faoliyati bilan tanishdi. Bu yerda davlat rahbariga shahar koʻchalarida tirbandlikni kamaytirish, jamoat transporti xizmatlarini yaxshilash rejalari taqdimot qilingan. Prezident tizimni tanqid qilib, avtobuslarning sonini koʻpaytirish kerakligini va haydovchilarning maoshi oshirilishi kerakligini aytgan.
Madaniyat
Sport
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Siyosat
112365
Jamiyat
95029
Jamiyat
91223
Jamiyat
75936
Jamiyat
//
Izoh yo‘q